TBC Uzbekistan 2024-yilda O‘zbekistonda kredit portfeli va sof foydasini ikki baravarga oshirdi

Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimi hisoblangan TBC Uzbekistan 2024-yilda moliyaviy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirdi. Uning kredit portfeli 112 foizga oshib, 8,07 trln so‘mni, sof foyda esa 91 foizga o‘sib, 514 mlrd so‘mni tashkil etdi.

TBC Uzbekistan matbuot markazining xabar berishicha, 2024-yilda bank rekord natijalarga erishgan: umumiy operatsion daromad 1,9 trillion so‘mni tashkil etgan, TBC Groupdagi ulushi esa 15 foizgacha oshgan. 31-dekabr holatiga ko‘ra, mijozlar bazasi 18,4 million noyob foydalanuvchiga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 37 foizga ko‘pdir.

Kompaniya quyidagi yangi mahsulot vertikallarini faol rivojlantirmoqda:
- Salom debet kartasi.
- Osmon debet kartasi.
- kichik va o‘rta biznes uchun TBC Business raqamli bank xizmati.
Shuningdek 2024-yilda protsessing markazi ishga tushirildi hamda Visa va Mastercard bilan strategik kelishuvlar imzolandi.