04.04.2025

TBC Bank biznesni kreditlashni rivojlantirish uchun BlueOrcharddan 20 mln dollar jalb qildi

TBC Bank biznesni kreditlashni rivojlantirish uchun BlueOrcharddan 20 mln dollar jalb qildi

TBC Bank matbuot markazining xabar berishicha, bank BlueOrchard boshqaruvidagi fonddan qo‘shimcha 20 mln dollar jalb qilgan.

TBC Bank moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda: bank Shveytsariyaning BlueOrchard Finance Ltd kompaniyasi tomonidan boshqariladigan fonddan 20 million dollar jalb qildi.

Shunday qilib, BlueOrchard orqali olingan umumiy moliyalashtirish hajmi 45 million dollarga yetdi. Avvalroq, 2024-yil avgust oyida bank 25 million dollarlik shartnoma tuzgan edi.

Qo‘shimcha mablag‘lar, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes (KvaO‘BR) uchun kredit portfelini rivojlantirish hamda moliyaga kirishni kengaytirishga yo‘naltiriladi.

BlueOrchard Bosh  direktori Filipp Myullerning ta'kidlashicha:


"Biz TBCning O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish bo‘yicha missiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz va hamkorlikni rivojlantirishdan mamnunmiz. Jalb etilgan mablag‘lar bankka mintaqada kichik va o‘rta biznes o‘sishini rag‘batlantirishida yordam beradi".

TBC Bank tadbirkorlarga ochiq va qulay kredit yechimlarini taqdim etgan holda mamlakat moliyaviy ekotizimini faol rivojlantirishda davom etmoqda. 

Ariza qoldirish

Bizning menejerlarimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi.