Qanday qilib mobil ilova orqali onlayn omonat ochish mumkin: tez, qulay, foydali!

Bugungi kunda uydan yoki ofisdan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri istalgan valyutada omonat ochish mumkin. Buning uchun bank kartasi va bank mobil ilovasiga ega bo‘lish kifoya. Bu qulay va tezdir - banklar ortiqcha mablag‘larni bank bo‘linmalariga bormasdan turib, joylashtirish imkonini beruvchi maxsus onlayn omonatlarni taklif qiladi.

Omonatni boshqa bank kartasidan ochish mumkinmi?
Ba’zi banklar omonatni boshqa bank kartasidan to‘ldirish imkonini beradi. Buni mobil ilovada, bank veb-saytida yoki xodimdan bilib olish mumkin. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, kerakli bankda karta ochish va unga pul o‘tkazish yetarli. Bundan tashqari, ko‘plab banklar kartalarni masofadan turib rasmiylashtirishni taklif etadi: shunchaki onlayn ariza topshiring va pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatning suratini yuklang.
Foizlar qanday hisoblanadi va to‘lanadi?
Onlayn omonatlar bo‘yicha foizlar oddiy omonatlar kabi hisoblanadi. Ular bank kartasiga yoki mobil ilovadagi elektron hamyonga to‘lanadi. Daromadni oldindan hisoblash uchun depozit kalkulyatoridan foydalanish mumkin.
Har qanday omonatni ham onlayn tarzda ochish mumkinmi?
Barcha omonatlarni internet orqali ochish mumkin emas. Ba’zilari bo‘linmaga shaxsan tashrif buyurishni talab qiladi, shuning uchun shartlarni bankda aniqlashtirgan ma’qul.
Omonat xavfsizligi qanday bo‘ladi?
Xavotirga o‘rin yo‘q - barcha omonatlar, shu jumladan onlayn variantlar ham, Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan sug‘urtalangan.
Bank litsenziyasini qaytarib olingan taqdirda ham, pulingiz himoyalangan bo‘ladi.
Hozirgi kunda qaysi bankda omonat ochish mumkin?
Onlayn omonat ochish uchun TBC Bank mobil ilovasini o‘rnatish va pasport yoki ID-karta yordamida ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

Ro‘yxatdan o‘tish tugallangach, darhol оmonatni ochish ochish mumkin: buning uchun ilovaning bosh ekranida "Omonatlar" bo‘limini tanlash kerak. Unda muddatlari va foiz stavkalari turlicha bo‘lgan omonatlarning uchta varianti taqdim etilgan.

Ushbu videoni tomosha qiling va TBC UZ ilovasida TVSni qanday ochish haqida bilib oling:
TBC Bankdagi omonatlar onlayn ochiladi, hatto dam olish kunlari yoki kechqurun, oddiy banklar yopiq bo‘lsa ham, onlayn bank har doim ishlaydi. Omonatni to‘ldirish uchun boshqa bankdagi istalgan hisobingizdan bepul pul o‘tkazishingiz mumkin. Shuningdek, sizga TBC Bank virtual kartasi ochiladi.
TBC Bank ilovasini quyidagi tugmani bosib yok HAVOLA orqali yuklab olishingiz mumkin
