02.01.2025 (янгиланди 02.01.2025)

PIN-kod va karta ma’lumotlari: nimani xabar qilish mumkinu, nimani - mumkin emas. O‘zingizni firibgarlardan qanday himoyalash mumkin?

PIN-kod va karta ma’lumotlari: nimani xabar qilish mumkinu, nimani - mumkin emas. O‘zingizni firibgarlardan qanday himoyalash mumkin?

Bank kartangiz ma’lumotlarini himoyalash moliyaviy xavfsizlikning muhim jihati hisoblanadi. Qanday ma’lumotlarni xabar qilish xavfsiz xavfsizu pulni yo‘qotmaslik uchun nimalar sizning  siringiz bo‘lib qolishi kerakligini bilib oling.

Bank kartasi rekvizitlari bank va egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, bu tovarlar va xizmatlar uchun haq to‘lash, naqd pul olish, pul o‘tkazish kabi hisobvaraqdagi mablag‘larni ishlatish imkonini beradi. 

Kartaning qanday  ma’lumotlarini xavfsiz xabar qilish mumkin

Karta raqamini, masalan, pul o‘tkazmasini olish uchun berish mumkin. Biroq har doim ehtiyot bo‘lish kerak: firibgarlar qo‘ng‘iroq qilishi, o‘zini bank xodimi deb tanishtirishi va boshqa ma’lumotlarni olishga urinishlari mumkin.

Qanday rekvizitlarni sir tutish kerak va nima uchun?

PIN-kodi, CVC/CVV-kodi, SMS va push-xabarnomalardagi kodlar sir saqlanishi lozim. Ularni o‘tkazish sizning mablag‘laringizga kirish imkonini beradi. 

Qanday oddiy maslahatlar mablag‘laringizni himoya qilishda sizga yordam beradi?

  • Haqiqiy banklar hech qachon CVC/CVV-kodlari, PIN-kodlari yoki SMS-kodlarini so‘ramaydi. Agar sizdan ularni berishingizni astoydil so‘rashsa, yaxshisi trubkani qo‘yganingiz ma'qul.
  • Hech qachon kartaning suratini yubormang, uni begona shaxslarga bermang.
  • Operatsiyalar monitoringini ulang va faqat rasmiy bank ilovalaridan foydalaning. Agar bunga shubha qilsangiz, bankka o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling.
Ariza qoldirish

Bizning menejerlarimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi.