Paynet Humoni 65 mln USD evaziga xususiylashtiradi!

Yaqinda Humo to‘lov tizimini boshqaradigan "Milliy banklararo protsessing markazi" AJning 100 foiz davlat aksiyalari paketi sotilishini e’lon qildi. Mazkur bitimning mohiyati nimadan iborat va u foydalanuvchilarga qanday ta’sir qiladi? Keling, bir o‘ylab ko‘raylik.
"Humo"ni xususiylashtirish bo‘yicha kelishuv ochiq kimoshdi savdosi orqali amalga oshirilib, unda davlat paketining 100 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yildi. Ishtirok etishga taklif etilgan oltita talabgordan 65 million dollar taklif qilgan "Paynet" AJ g‘olib bo‘ldi, bu KPMG mustaqil narxlovchisining bahosidan yuqori bo‘ldi.
“Humo”ning yangi egasi “Paynet” AJ ushbu to‘lov tizimining barqaror ishlashi va foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlari himoya qilinishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
Bu o‘zida ham shaxsiy, ham bank ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlashni qamrab oladi.
Xususiylashtirishda ishtirok etuvchi kompaniyalar oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar va Deloitte kompaniyasi tomonidan tayyorlangan AJning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan due diligence hisobotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dastlab faqat uchta ishtirokchi majburiy takliflarni taqdim etdi.
O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2024-yil 30-sentyabr kuni bitimning asosiy shartlari haqida e’lon qilgan va eng maqbul taklifni tanlash uchun ishtirokchilarning takliflarini indikativ narxlarga muvofiqligini baholagan edi.
Humo‘ning xususiylashtirilishi bozorda raqobatni kuchaytirishi va boshqa kompaniyalarni elektron to‘lovlar sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishga undashi mumkin.
Xususiylashtirish Humo tizimining ishlashini yaxshilashi va modernizatsiya qilishi mumkin, bu esa uning raqobatbardoshligini oshiradi va foydalanuvchilarga yanada ishonchli hamda innovatsion xizmatlarni taqdim etadi.
Har qanday xususiylashtirishda bo‘lgani kabi, boshqaruvdagi o‘zgarishlar xizmatlarning barqarorligi yoki ularning narxiga ta’sir qilishi xavfi mavjud. Biroq bitim shartlari yangi egasining tizimning ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Bitim O‘zbekistondagi elektron to‘lovlar bozoriga qanchalik ta’sir etadi?
Humo‘ning xususiylashtirilishi bozorda raqobatni kuchaytirishi va boshqa kompaniyalarni elektron to‘lovlar sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishga undashi mumkin.