O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori: narxlar nima sababdan to‘xtab qoldi va sotuvlar nima uchun pasaydi?

"Pik Skartarisa" telegram-kanalining xabar berishicha, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda: sotuvlar kamaydi, narxlar esa barqarorlashdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vaziyatning batafsil tahlilini tayyorladi.

📈 Qurilish sur’ati va taklifning oshishi
2016-yildan boshlab mamlakatda qurilish ishlari kuchaydi: 2010-2016-yillarda 400 mingta yangi xonadon paydo bo‘lgan bo‘lsa, 2017-2023-yillarda bu ko‘rsatkich 1,6 mlntaga yetdi. Natijada xonadonlarning umumiy soni 5,9 mln.dan 7,6 mln.ga, uy-joy bilan ta’minlanganlik esa kishi boshiga 16 kv.m.dan 19 kv.m.ga oshdi.
📉Sotuvlarning sekinlashishi va narxlarning barqarorlashuvi
Yangi uy-joylar qancha ko‘p bo‘lsa, oldi-sotdi ishlari ham shuncha faollashdi. 2018-yilda 162,1 mingta, 2023-yilda esa 272,4 mingta bitim ro‘yxatga olingan. Biroq 2024-yilda bu ko‘rsatkich 256,5 minggacha pasaydi, bu uzoq vaqtdan buyon birinchi pasayish bo‘ldi.
Qurilish sur'atining jadal ketishiga qaramay (14,8 million kvadrat metr - 2019-yildan beri rekord), 2024-yilda narxlar deyarli oshmadi: dollarda ular atigi 0,9 foizga ko‘tarildi, 2022-yilda esa o‘sish 17,5 foizni tashkil etdi.
🏦 Ipotekaning kechikishi - asosiy omil
Ipoteka bozor dinamikasida muhim rol o‘ynaydi. 2022-yilda uy-joy uchun berilgan kreditlar hajmi 47 foizga o‘sib, 14,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Biroq 2023-yilda o‘sish 12 foizgacha, 2024-yilda esa 6 foizga qadar sekinlashdi.Kreditlash sur’atlarining pasayishi sotuvlarning sekinlashishiga va narxlarning barqarorlashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.
🔮2025-yil uchun prognoz
2025-yilda 120 mingta yangi xonadon qurilishi, ipoteka kreditlari uchun 25 trillion so‘m ajratilishi kutilmoqda. Bu 2022-2023-yillardagi kabi keskin sakrashlarsiz, bozor o‘sishining davom etishiga olib keladi. Katta ehtimol bilan narxlar asta-sekin oshishda davom etadi, ammo endi shiddatli ko‘tarilish kuzatilmaydi.