10.01.2025

Muddatli to‘lov - bu halolmi? "Riba'" haqida nimalarni bilish kerak?

Muddatli to‘lov - bu halolmi? "Riba'" haqida nimalarni bilish kerak?

Ko‘pchilik bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish islom dini nuqtayi nazaridan halolmi va qanday qilib "Riba'" kabi noqulay holatga to‘qnash kelmaslik mumkin, degan savollarni berishadi. Asosiy holatlarni ko‘rib chiqamiz.

Aslini olganda, bo‘lib-bo‘lib to‘lash - bu ma’lum vaqt davomida tovar qiymatini qismlarga bo‘lib to‘lash demakdir. Agar bitim shaffof, yashirin foizlarsiz rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bu halol bo‘lishi mumkin. Masalan, agar siz 700 ming so‘mga televizor sotib olsangizu, u bo‘lib to‘langanda 900 ming so‘m tursa hamda ikkala tomon ham ushbu shartlarga rozi bo‘lsa, bunday kelishuvga ruxsat beriladi.

Penya va jarimalar

Muddatli to‘lovni rasmiylashtirishda to‘lovlarni kechiktirib yuborganlik uchun jarimalar, penyalar yoki boshqa qo‘shimcha yig‘imlar hisoblanishiga  yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bu riba' hisoblanishini ham hisobga olish muhimdir. Bu shart islom nuqtayi nazaridan bitimning halolligi va adolatliligini saqlashga yordam beradi.

Boshqa tomondan esa xaridorda moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lmasa, to‘lovlarni qasddan kechiktirishmaslikka harakat qilishi lozim. Bunday yondashuv nafaqat shartnoma shartlarini buzadi, balki kelajakdagi bitimlarda ishonchsizlikka olib kelishi mumkin.

Muddatli to‘lovga xarid to‘g‘risida bitim tuzilgandan so‘ng sotuvchi avtomatik ravishda tovarga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum bo‘ladi. Bu tovar, garchi uning butun qiymatini to‘lamagan bo‘lsa-da, xaridor ixtiyoriga to‘liq o‘tishini anglatadi. Shunday qilib, ikkala tomon ham moliyaviy munosabatlarda mutlaq shaffoflik va halollikni saqlagan holda shartnoma shartlariga rioya qilishlari shart.

 

Agar mijoz muddatli to‘lovni o‘z vaqtida to‘lay olmasa va shartnomada penya nazarda tutilgan bo‘lsa, bu summa “Riba'”dan qochish uchun xayriya jamg‘armalariga o‘tkazilishi kerak. Ikkita narxdagi bitimlar (masalan, naqd va muddatli to‘lov) bo‘lishi mumkin, lekin ular bitta shartnoma doirasida aniq belgilanishi lozim.

Ariza qoldirish

Bizning menejerlarimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi.