04.01.2025 (янгиланди 04.01.2025)

Kichik maosh bilan ham pul jamg‘arishning 5 ta oson usuli

Kichik maosh bilan ham pul jamg‘arishning 5 ta oson usuli

Kichik maosh subyektiv tushuncha. Ba’zilar uchun bu 3 000 000 so‘m bo‘lsa, boshqalarga esa 10 000 000 so‘m. Yanada xolis bahoni mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ma’lumotlarga (hozirda - soliqlarni chegirib tashlagunga qadar taxminan 4 000 000 so‘m) yoki muayyan hududga ko‘ra olish mumkin. Agar ish haqi ushbu statistik ko‘rsatkichlardan past bo‘lsa, uni kichik deb hisoblash mumkin.

Jamg‘armalar haqida gap ketganda, nafaqat qancha pul topishingiz, balki bu daromaddan qanaqa xarajatlarni qoplashingiz ham muhimdir. Agar maoshlar oziq-ovqat yoki kommunal xizmatlarga zo‘rg‘a yetib turgan bir paytda pulni yig‘ish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Bunday vaziyatda daromadni biroz oshirish yo‘llarini topishga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.

Agar sizning asosiy ehtiyojlaringiz yopilgan bo‘lsa, u holda jamg‘arish haqida o‘ylashingiz mumkin. Buni boshlash uchun maqsadni  - masalan, ta’tilga borish yoki tug‘ilgan kuningizga sovg‘a belgilang. Nima uchun jamg‘arayotganingizni tushunish jarayonni osonlashtiradi va rag‘batlantiradi.

Jamg‘armalarni bankdagi alohida jamg‘arma hisob raqamida saqlagan ma’qul. Qo‘lingizdan keladigan har qanday summadan boshlang va daromadning bir qismini o‘tkazib, hisobingizni muntazam ravishda to‘ldirib boring. Shunday qilib, siz nafaqat pul jamg‘arasiz, balki qo‘shimcha foizlarni ham olasiz.

1. Daromadning 3-5%ini ajratib qo‘yish

Oylik maoshni olgandan so‘ng mablag‘ning bir qismini jamg‘arma hisob raqamiga o‘tkazishga odatlantiring. Bu pulni boshqa narsalarga sarflash vasvasasidan qochishga yordam beradi.

Ko‘pincha “50÷30÷20” strategiyasiga asoslangan holda daromadning 20 foizini jamg‘arish olib qo‘yish tavsiya etiladi. Biroq kichik daromadlarda bunday summani ajratish qiyin bo‘lishi mumkin. Buni har bir tushumning 3-5% idan boshlang. Vaqt o‘tishi bilan bu sizning byudjetingizga unchalik ta’sir qilmasligiga ishonch hosil qilsangiz, summani ko‘paytiring.


2. Chiqimlarni yaxlitlash

Har safar biror narsani sotib olayotganingizda, xarajatlar yaxlit bo‘lishi uchun summani ajratib qo‘ying. Masalan, siz oziq-ovqat mahsulotlariga 123 700 so‘m sarfladingiz. Xarajatlar summasi 124 000 bo‘lishi uchun 300 so‘m to‘plang.

O‘zbekistondagi ba’zi banklar avtomatik yaxlitlash funksiyalarini taklif qiladi. Siz ularni shunday sozlashingiz mumkinki, har bir xariddan pulning bir qismi jamg‘armaga ketsin.

Boshqacha yondashuv - har kuni kechqurun karta balansini tekshirish va qoldiqni kichikroq tomonga yaxlitlash. Masalan, kartada 754 700 so‘m qoldi. 750 000 qoldiring va 4 700 so‘mni jamg‘arma hisob raqamiga o‘tkazing.


3. Banklarning imtiyozlaridan foydalanish

O‘zbekistondagi ko‘plab banklar sodiqlik dasturlarini taklif qilmoqda. Masalan,  yangi mijozlarni jalb qilganlik uchun so‘mda keshbek yoki bonuslar hisoblanadi. Agar bonuslar pul bilan kelsa, ularni jamg‘armaga osongina yo‘naltirish mumkin.

Banklar oshirilgan keshbekni ma’lum turdagi xarajatlarda qaytarib beradigan aksiyalarni kuzatib boring va ushbu davrlarda xaridlarni rejalashtirishga harakat qiling. Bu jamg‘arma uchun qo‘shimcha mablag‘ olishga yordam beradi.


4. “Yengillashtirish” kunlarini tashkil etish

O‘rtacha kunlik sarf-xarajatlaringizni hisoblang va oyning hech narsaga pul sarflamaydigan bir necha kunini tanlang. Ushbu summani jamg‘armaga yuboring.

Masalan, agar siz kuniga 150 000 so‘m sarflasangiz, “yengillashtirish” kuni sifatida shanba kunini tanlang. Agar siz baribir ozroq, masalan, 20 000 so‘m sarflagan bo‘lsangiz, qolgan 130 000 so‘mni jamg‘arma hisob raqamiga o‘tkazing.


5. Moliyaviy chellenjlarni sinab ko‘rish

Moliyaviy chellenjlar jarayonni qiziqarli qilib, jamg‘arishga yordam beradi. Mana bir nechta g‘oya:

  • 365 kun

    Har kuni jamg‘arma miqdorini 1000 so‘mga oshirib boring. Masalan, birinchi kuni 1 000 so‘m, ikkinchi kuni 2 000 so‘m ajrating, va nihoyat, 31-dekabr kuni 365 000 so‘m qo‘yasiz. Bir yilda jami 68 527 785 so‘m jamg‘ariladi.

  • 52 hafta

    Haftada bir marta pulni jamg‘arib, uni har haftada ko‘paytirib boring. Masalan, 5 000 so‘mdan boshlang, keyingi haftada 10 000 so‘m, keyin 15 000 so‘m va hokazo. Bir yil ichida juda katta mablag‘ yig‘iladi.

  • Ob-havo chellenji

    Deraza tashqarisidagi haroratga teng bo‘lgan mablag‘ni ajrating. Masalan, bugun +15°C bo‘lsa, 15 000 so‘m qo‘ying. Agar masalani murakkablashtirmoqchi bo‘lsangiz, haroratni 10 ga ko‘paytiring.

  • “Chegirmalar yo‘q” chellenji

    Agar siz mahsulotni chegirma bilan xarid qilgan bo‘lsangiz, boshlang‘ich narx va chegirmali narx o‘rtasidagi farqni depozitga yuboring. Masalan, siz kurtkani 700 000 so‘m o‘rniga 480 000 so‘mga sotib oldingiz. 220 000 so‘mlik farqni saqlab qo‘ying.

  • Haftalik vazifalar

    O‘zingizga haftalik topshiriqlar o‘ylab toping, ularni bajarish uchun belgilangan summani, masalan, 30 000 so‘mni ajrating.

Mana ularga misollar:

- Bir hafta shirinlik yemaslik.

- Kafega borish o‘rniga uyda ovqat tayyorlash.

- Taksidan foydalanmasdan avtobusda yurish.

Mazkur usullar sizga nafaqat pul jamg‘arishga yordam beradi, balki jarayonni qiziqarli va tartibli qiladi.

Ariza qoldirish

Bizning menejerlarimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi.