04.04.2025

Kapitalbank tadbirkorlar uchun avtokredit stavkalarini kamaytirdi

Kapitalbank tadbirkorlar uchun avtokredit stavkalarini kamaytirdi

"Kapitalbank" matbuot markazining xabar berishicha, bank yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish maqsadida mikrokreditlar bo‘yicha pasaytirilgan stavkalarni taklif qilish orqali imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

Bank Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiyning so‘zlariga qaraganda avtomobil biznes uchun muhim aktiv hisoblanibbo‘lib, Kapitalbank kichik, o‘rta va yirik biznesni rivojlantirish uchun foydali moliyaviy mahsulotlarni taklif qilish orqali butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga intiladi.

Dastur doirasida mijozlar Chevrolet (shu jumladan, Daewoo va Ravon), Kia, Skoda, Hyundai va BYD rusumli avtomobillarni sotib olish uchun kredit rasmiylashtirishlari mumkin.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Summasi: 300 mln so‘mgacha
  • Muddati: 60 oygacha
  • Stavkasi: yillik 22,99% dan boshlab

Ushbu mahsulot Kapitalbankning O‘zbekistonda kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismidir. Avvalroq bank UzAuto Motors bilan birgalikda yangi Chevrolet avtomobillarini kreditlash dasturini ishga tushirgan bo‘lsa, endilikda tadbirkorlarga ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish imkoniyatini taqdim etib, arzon transport vositalarini tanlash imkoniyatini kengaytirmoqda.

Ariza qoldirish

Bizning menejerlarimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi.