Endilikda Uzum Bank plastik kartasini chiqarish mumkin

Uzum Bank va Visa Uzum ekotizimida o‘zining jismoniy va IT infratuzilmasida Uzum Visa plastik kartalarini ishga tushirish orqali strategik sheriklikni kengaytirmoqda.
Uzum virtual kartasidan O‘zbekiston aholisining 700 mingdan ortig‘i foydalanmoqda. Endilikda mijozlarning bir qismi Uzum Bank ilovasi orqali plastik kartani buyurtma qilishlari va uni 31 ta aholi hududida mavjud bo‘lgan Uzum Market tarqatish punktlarida olishlari mumkin. Tez orada kartalar barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi va karta berish hududlari ko‘lami kengayadi.
Uzum Visa plastik kartalari O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham qulay to‘lovlarni va naqd pul yechib olishni ta’minlaydi. Visa texnologiyalari tufayli mijozlar yuqori tranzaksiya tezligi, ishonchli muloqotsiz to‘lov va tezkor o‘tkazmalarga ega bo‘lishadi.
Kristina Dorosh, Visa katta vitse-prezidenti:
“Biz moliyaviy operatsiyalarni qulay va xavfsiz qiladigan zamonaviy va ishonchli to‘lov vositalarini taqdim etish orqali O‘zbekistonda fintexni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”.
Yegor Abramets, Uzum Fintech Bosh direktori:
“Uzum Visa plastik kartalarining ishga tushirilishi - ekotizimimiz rivojida muhim qadam. Visa texnologiyalari va Uzumning mahalliylashtirilgan infratuzilmasi bizga xalqaro standartlar va mijozlarimiz ehtiyojlariga javob beradigan innovatsion mahsulotlarni yaratishga yordam beradi”.
Uzum FinTech xizmatlari Uzum Market superappiga integratsiya qilingan bo‘lib, mijozlarga mablag‘larni boshqarish, keshbek, 25 mln so‘mgacha muddatli to‘lov va maxsus bonuslarni taqdim etadi. Yil oxirigacha Uzum kartalaridan Uzcard va Humo kartalariga oyiga 100 mln so‘mgacha pul o‘tkazish vositachilik haqisiz amalga oshiriladi.
Uzum Bank - qulay moliyaviy yechimlarni taklif qiluvchi Uzum milliy ekotizimining internet-bankidir. Visa Inc. o‘zining VisaNet tarmog‘i orqali ishonchli va xavfsiz tranzaksiyalarni ta’minlaydigan raqamli to‘lovlar sanoatida jahon yetakchisi hisoblanadi.