Bitkoin kursi 80 000 dollardan pastga tushdi

Kriptovalyuta narxi 24-fevraldan boshlab, Donald Tramp Meksika va Kanada uchun bojlar joriy qilgani haqidagi xabarlardan keyin pasayishni boshladi. 28-fevralga kelib, bitkoin 2024-yil noyabr oyidan buyon bir necha bor minimal qiymatga yetdi.
Binance ma’lumotlariga ko‘ra, 28-fevralga o‘tar kechasi bitkoin (BTC) kursi 80 ming dollardan pastga tushdi. Oxirgi marta bunday ko‘rsatkich 2024-yilning noyabr oyida qayd etilgan edi.
Ayni paytda kriptovalyuta 79 ming dollardan sotilmoqda va kuniga 5 foizdan ko‘proq yo‘qotmoqda.

Avvalroq, 27-fevralga o‘tar kechasi, BTC 11-noyabrdan beri ilk marotaba 82,1 ming dollargacha pasaygan edi.