Beepul 2025-yilga kelib O‘zbekistonda daromad va foydalanuvchilar sonini bir necha barobarga oshirdi. Beepulning muvaffaqiyati nimada?

O‘zbekistonda Beepul xizmatlarga haq to‘lash uchun mobil ilovasi keskin o‘sishni ko‘rsatdi - foydalanuvchilar soni yil davomida 3,5 barobarga, mablag‘lar aylanmasi esa 2,3 barobarga oshdi. Beepulning naqdsiz to‘lovlar bozoridagi muvaffaqiyatining sababi nimada?
2024-yil davomida Beepul funksionallikni yaxshilagan va hamkorlik tarmog‘ini kengaytirgan holda faol rivojlandi. Ilovaning dizayni, barqarorligi va xavfsizligi yaxshilandi, bu esa undan foydalanish qulayligini oshirdi. Ushbu o‘zgarishlar xavfsiz va qulay naqd pulsiz hisob-kitoblarga intilayotgan yangi foydalanuvchilarni jalb qildi.

Beepul ilovasidagi yangi xususiyatlar
Beepul OSAGO polisini rasmiylashtirish va bevosita ilovada UZCARD va HUMO virtual kartalarini ochish imkoniyatini qo‘shdi. Ushbu funksiyalar dilerlar uchun to‘lovlarni qabul qilish borasida yangi platforma bilan birgalikda ilovani mijozlar hamda hamkorlar uchun yanada jozibador qildi.
Sodiqlik dasturi
Beepul yangi mijozlarga 20 million so‘mgacha foizsiz pul o‘tkazmalari shaklida welcome-bonuslar taqdim etib, sodiqlik dasturini kengaytiradi. Platforma, shuningdek, joriy foydalanuvchilarni ushlab turadigan aloqa paketlari va bepul o‘tkazmalarga ayirboshlash mumkin bo‘lgan BEEP ballarini taklif qiladi.
Beepul funksiyasi hambi ilovasiga integratsiya qilingan bo‘lib, bu har qanday aloqa operatorlari mijozlariga Beepul xavfsiz to‘lovlar xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Bu Beepulning foydalanuvchilar uchun mavjudligini kengaytiradi va uning bozordagi ishtirokini kuchaytiradi.
Ceshbeck
Hambi va Beepul orqali balansni to‘ldirish orqali Beeline Uzbekistan mijozlari balansga 25% keshbek oladi, bu esa kundalik tranzaksiyalar uchun ilovadan foydalanishni rag‘batlantiradi va brendga sodiqlikni oshiradi.
Foydalanuvchilar uchun xavfsizlik darajasi
2024-yilda Beepul axborot xavfsizligi standartlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tdi, bu operatsiyalarning ishonchliligi va foydalanuvchilarning ma’lumotlari himoyalanganligidan dalolat beradi. Bu mijozlarning ishonchini ta’minladi hamda foydalanuvchilar sonining oshishiga yordam berdi.