AnorBank bank bo‘linmasin endi aeroportda ham mavjud

AnorBank Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda yangi bank bo‘linmasini ochdi, bu O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy mehmonlar uchun moliyaviy xizmatlardan qulay foydalanishni ta’minlaydi. Endi bank masalalarini parvozdan oldin hal qilish mumkin.
Mavjud xizmatlar:
- Kartaga arizani rasmiylashtirish (tez orada kartalarni darhol joyida olish mumkin bo‘ladi)
- Omonat ochish (naqd pul kiritmagan holda)
- Mikroqarz berish
- Bank mahsulotlari bo‘yicha maslahatlar
Bundan tashqari, AnorBank bo‘linmasida sayohat uchun qulay bo‘lgan xalqaro kartalarni rasmiylashtirish mumkin:
- Mastercard Milliy - O‘zbekiston va xorijda komissiyasiz to‘lovlarni amalga oshiradigan milliy valyutadagi karta.
- Anor Black - 4 ta valyutadagi karta bo‘lib, dunyoning 200 ta mamlakatida qabul qilinadi.
Bo‘linma manzili:
📍 Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport, 2-terminal, uchib ketish zonasi, 2-qavat.
Mo‘ljal - chiptalar sotish kassasi yonida.
Endi AnorBank mijozlari parvozdan oldin aeroportning o‘zida moliyaviy masalalarni tez va qulay hal qilishlari mumkin!