2025-yilda Toshkentda Navro‘z: bayramlar qayerda o‘tkaziladi va qaysi kunlar dam olish kuni bo‘ladi

Navro‘z bayrami arafasida poytaxtimizda yangilanish va bahoriy uyg‘onish ramzi bo‘lgan ushbu qadimiy ayyomga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tantanalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, asosiy bayram sayillari "Yangi O‘zbekiston" va "Navro‘z" bog‘larida bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, tadbirlar shaharning turli tumanlarida tashkil etiladi:
📍 19-mart
- Bektemir tumani - Coca-Cola Garden
Uchtepa tumani - Seul Ekoparki
📍 19-martdan 23-martga qadar
Shayxantohur tumani — Tashkent City istirohat bog‘i
📍 20-marta
Yunusobod tumani — “O‘zekspomarkaz” hududi
📍 21-martdan 24-martgacha
- Мirobod tumani — “Furqat” istirohat bog‘i
- Мirzo Ulug‘bek tumani — Markaziy istirohat bog‘i (sobiq Telman bog‘i)
- Yakkasaroy tumani — Seoul Moon va Next ko‘ngilohar markazlari
- Yangi hayot tumani — “Tashkent Indeks" SM
- Yashnobod tumani — “Ashxobor” istirohat bog‘i
Chilonzor tumani — G‘afur Gulom nomidagi istirohat bog‘i
📍21mart
- Sergeli tumani - Markaziy maydon (mo‘ljal: tuman hokimligi)
- Olmazor tumani - "Yoshlik" shaharchasi, "Beruniy" maydoni
Navro‘z dam olish kunlari jadvali
Besh kunlik jadval asosida ishlaydigan xodimlar ketma-ket uch kun - 21, 22 va 23 mart kunlari dam olishadi.
Haftasiga olti kun ishlaydiganlar uchun faqat 21 va 23-mart kunlari dam olish kuni bo‘lib qoladi, 22-mart (shanba) esa ish kuni bo‘ladi.
📌 Dam olish kunlari jadvali:
✅ 21-mart (juma) - rasmiy bayram kuni (Navro‘z)
✅ 22-mart (shanba) - 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni
✅ 23-mart (yakshanba) - umumiy dam olish kuni
Bunday tartib Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil uchun ish vaqti kalendariga muvofiq belgilangan. Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, u eng yaqin ish kuniga ko‘chiriladi.
Ushbu kunlarda mehmonlarni konsertlar, xalq sayillari, teatrlashtirilgan tomoshalar va bayram yarmarkalari kutmoqda. Navro‘zni quvnoqlik va an’analar muhitida o‘tkazish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!